Tahlil. Pro liga yoqasidagi jamoalarning bugungi kundagi vaziyati qanday?

Iskandarov Abdulaziz
27 okt 2023, 17:40
Mavsum poyoniga yetib borayotgan sari jamoalarning qaysi o'rinni egallashi, chempionlik va tushib ketadigan jamoalar bo'lib boradi.

Lekin bizning Superligada intriga hali so'ngani yo'q. Turdan-turga vaziyatini og'irlashtirayotgan "Turon" kechagi g'alabasidan so'ng umid uqunlari yana qayta uyg'ondi. "Olimpik" ham hali kafolatlamagan, lekin imkoniyatlari nisbatan yaxshiroq. Timur Kapadze jamoasi ayni paytda 22 ochko bilan 11-o'rinni egallab turibdi. Oldinda ularni yana 5ta uchrashuv kutmoqda. 

"Olimpik"

24-tur. "Neftchi" - "Olimpik"

19-tur. "Buxoro" - "Olimpik"

21-tur. "Surxon" - "Olimpik"

25-tur. "Olimpik" - "Navbahor"

26-tur. "Metallurg" - "Olimpik"

"Qizilqum"

"Qizilqum" so'nggi o'yinlarda ketma-ket ochkolarni qo'lga kiritayotgan edi. Lekin kechagi durang aslo qoniqtirmasligi aniq edi. Bordi-yu, kecha 3 ochko qo'lga kiritgan taqdirda "Olimpik"ka yetib olardi. Unutmaslik kerakki, "Olimpik" "Qizilqum"ga nisbatan 2ta ko'p o'yinda maydonga tushadi. Navoiyliklarni oldinda 3ta o'yini qoldi. Uchta sinovning bari vodiy klublariga qarshi. 

24-tur. "Qizilqum" - "Andijon"

25-tur. "Neftchi" - "Qizilqum" 

26-tur. "Qizilqum" - "Turon"

"Turon"

"Turon" uchun "So'g'diyona" ustidan qo'lga kiritilgan g'alabaning qiymati o'ta yuqori bo'lishi mumkin. Ayni paytga kelib Yaypanliklar bir pog'ona yuqoridagi "Qizilqum"dan 3 ochkoga ortda qolyapti va zaxirasida 1ta o'yini bor. So'nggi turda ikki qo'shnilar Navoiyda uchrashishadi. Katta ehtimol bilan mana shu bahs ko'p narsani hal qilib berishi kerak. 

24-tur. OKMK - "Turon"

19-tur. "Turon" - "Neftchi"

25-tur. "Turon" - "Andijon"

26-tur. "Qizilqum" - "Turon"

"Buxoro"

Ulug'bek Bakaev jamoasi endi qanday bo'lmasin ertaga "Paxtakor" bilan kamida 1 ochko qo'lga kiritishi shart. Raqib chempionlik uchun kurashayotganini va darajasini hisobga olsak, "Buxoro"ga mo'jiza yordamga kelishi kerak bo'ladi.

23-tur. "Buxoro" - "Paxtakor"

24-tur. "So'g'diyona" - "Buxoro" 

19-tur. "Buxoro" - "Olimpik"

25-tur. "Buxoro" - OKMK 

26-tur. "Andijon" - "Buxoro"

Ochkolar teng kelib qolgan taqdirda o'zaro o'yinlar faktori birinchi darajaga chiqadi. Bu boradagi vaziyatni ko'rib chiqamiz. 

"Olimpik"

"Qizilqum" bilan 0:0, 1:0 (4 ochko)

"Turon" bilan 1:0, 2:0 (6 ochko)

"Buxoro" bilan 3 ochko (javob uchrashuvi bor) 

"Qizilqum"

"Olimpik" bilan  0:0, 0:1 (1 ochko)

"Turon" bilan 0:0 (javob uchrashuvi bor)

"Buxoro" bilan 1:0, 0:1 (teng)

"Turon"

"Qizilqum" bilan 0:0 (javob uchrashuvi bor)

"Olimpik" bilan 0:1, 0:2  

"Buxoro" bilan 1:2, 3:2  (teng)

Tushuntirish. Reglamentga yuzlanamiz 

8.3. Ikki va undan ortiq qatnashchi to'plagan ochkolari teng bo'lib qolsa, ularning o'rni quyidagi ketma-ketlik bo'yicha aniqlanadi. 

- O'zaro uchrashuv (lar) natijasiga ko'ra;

- O'zaro uchrashuvlarda olingan ochkolar natijasiga ko'ra;

- O'zaro uchrashuvlarda urilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqiga ko'ra;

- Barcha uchrashuvlarda urilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqiga ko'ra;

- Barcha uchrashuvlarda urilgan to'plar soniga ko'ra;

- Barcha uchrashuvlarda raqib maydonida urilgan to'plar soniga ko'ra;

- Barcha uchrashuvlarda erishilgan g'alabalar soniga ko'ra;

- Barcha uchrashuvlarda uchralgan mag'lubiyatlar sonining aks ta’siriga ko'ra;

- Barcha uchrashuvlarda safar o'yinlarida erishilgan g'alabalar soniga ko'ra;

- Barcha uchrashuvlarda uy o'yinlarida uchralgan mag'lubiyatlar sonining aks ta’siriga ko'ra;

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia