Syomin: "Atletiko"ni yutish uchun sizda ham shunday darajadagi o'yinchilar bo'lishi kerak"

Alisher
12 dek 2019
"Lokomotiv" bosh murabbiyi Yuriy Syomin YCHLning so'nggi tur doirasidagi "Atletiko" (0:2)ga qarshi o'yindagi mag'lubiyat haqida gapirdi.

"Atletiko"dek jamoani yutish uchun sizda ham shunday darajadagi futbolchilar bo'lishi kerak.

Shunga qaramay biz ushbu uchrashuvdan qimmatli tajribalarni oldik", - deydi Syomin.

Eslatib o'tamiz, YCHL 6-turi doirasida "Atletiko" va "Lokomotiv" jamoalari o'rtasidagi o'yinda madridliklar 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi va keyingi bosqichga chiqishdi.

Moskvaliklar ketma-ket ikkinchi yil o'z guruhlarida so'nggi o'rinni egallashdi.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com