Superliga. "Surxon" "Mashal" bilan bahsda kambek qayd etdi

Sherzod Nurmatov
22 apr 2026, 19:55
Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Mashal" uchrashuvi yakuniga etdi.

Superliga

9-tur

"Surxon" – "Mashal" 2:1

Termiz. “Surxon Arena”. 18:00

Gollar: Stiven Chinedu 84’, Komron Yusupov 90+1’ – Samandar Ochilov penalti 60’

Hakamlar: Jasur Muxtorov, Islom Azimov, Sherzod A'zamov, Nurjahon Sulaymonov

VAR: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR: Nasibabonu Toshmuhammedova

Nazoratchi: Zokir Qodirov

Komissar: Bekzod Aripov

"Surxon": 25.Otabek Boymurodov, 3.Behruz Jumatov, 6.Behzod Shamsiev, 7.Dostonbek Tursunov (77.Asadbek Karimov, 71), 8.Xumoyun Sherbo'taev, 9.Stiven Chinedu, 10.Sunnatilla Abdullajonov (11.Richard Fraydey, 63), 14.Tohirjon Ashurbaev (18.Behruz O'ktamov, 63), 17.Sarvar Abduhamidov (23.Komronbek Yusupov, 71), 22.Javohir Jo'raev (27.Muhammadali Musaxonov, 90), 66.Behro'z Shaydulov.

Zaxira: 86.Davron Merganov, 15.Diyor Ramozonov, 19.Farruxjon Qodirov, 26.Behruz Shukurullaev.

"Mashal": 35.Dostonbek To'xtaboev, 2.Zafarbek Akramov (99.Viashima Rafael Ayagva, 90), 5.Samandar Ochilov, 10.Humoyun Murtozaev (96.Muhammadyusuf Valijonov, 90), 14.Abdul Rashid Abubakar (13.Nuriddin Nuridinov, 81), 15.Muhammadali Aliqulov, 22.Nurjahon Muzaffarov (9.Ibrohim G'anixonov, 66), 37.Sherzod Fayziev, 45.Suxrobjon Parmonqulov, 69.Roman Xadjiev, 97.Avgustin Chidi Kvem (8.Sardor Abduraimov, 66).

Zaxira: 1.Azamat Soyibov, 3.Asan Vaniev, 28.Ergash Ismoilov, 38.Sunnatilla Yarashev.

Ogohlantirishlar: Zafarbek Akramov (34), Nurjahon Muzaffarov (45), Behzod Shamsiev (49), Asadbek Karimov (87), Sardor Abduraimov (89).

MATNLI TRANSLYATSIYA

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+1. GOL! Chineduning qulay pasidan keyin Yusupov darvozani ishg'ol etdi - 2:1!

90. Ikkinchi taymga 6 daqiqa qo'shib berildi.

90. “Surxon”da o'zgarish: Jo'raev o'rniga Musaxonov bahsni tugatib qo'yadi.

90. “Mashal”da 2 ta almashtirish: Murtozaev o'rniga Valijonov, Akramov o'rniga Ayagva tushirildi.

89. Abduraimov qanotdan oldinga o'tayotgan Fraydeyni yiqitdi va ogohlantirildi. 🟨

87. Asadbek Karimov Fayzievni turtgani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 🟨

86. Gol urilganda qoida buzilgan yoki yo'qligi VAR yordamida ko'rib chiqildi va gol inobatga olindi.

84. GOL! To'xtaboev Fraydeyning zarbasini katta qiyinchilik bilan qaytardi, ammo qaytgan to'pni Chinedu darvozaga kiritib, hisobni tenglashtirdi - 1:1!

82. Zarbaa! Shamsievning olis masofadan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi.

81. “Mashal”da o'zgarish: Abubakar o'rniga Nuriddinov tushirildi. 🔄

78. Parmonqulov to'satdan Fraydeyning oyoqlarini bosib oldi va termizliklar legioneriga tibbiy yordam ko'rsatildi.

75. Karimov ichkariga yorib kirdi va yiqildi. Hakam G'anixonov unga nisbatan qo'pollik ishlatmadi deb topdi.

74. Uuuux! Yusupov jarima maydonchasi ichiga yorib kirib zarba yo'lladi va to'p ustunga tegib qaytdi 💥

72. Zarba! Yusupovning yaqin masofadan bergan zarbasini To'xtaboev qaytardi.

71. “Surxon”da 2 ta almashtirish: Tursunov o'rniga Karimov, Abduhamidov o'rniga Yusupov o'yinga qo'shildi. 🔄

66. "Mashal"da 2 ta o'zgarish: Muzaffarov o'rniga G'anixonov, Chidi Kvem o'rniga Abduraimov bahsni davom ettiradi. 🔄

63. "Surxon"da 2 ta almashtirish: Abdullajonov o'rniga Fraydey, Ashurbaev o'rniga O'ktamov tushirildi. 🔄

60. GOL! Ochilov penaltidan to'p kiritib, hisobni ochdi – 0:1! ⚽️

59. Vaziyat VAR yordamida o'rganib chiqildi va qaror kuchida qoldi.

57. Penalti! Abdullajonov Akramovni yiqitgani uchun penalti belgilandi.

54. Havodagi kurashda jabrlangan Jo'raevga tibbiy yordam ko'rsatildi.

52. Sherbo'taev Murtozaevning libosidan tortib yiqitdi.

49. Shamsiev hujumga oshiqayotgan Chidi Kvemni yiqitdi va ogohlantirildi. 🟨

46. Ikkinchi taym boshlandi!

Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus!

45. Ashurbaevga nisbatan qo'pollik ishlatgan Muzaffarov ogohlantirildi. 🟨

40. Zarbaaa! Tursunovning yaqin masofadan bergan zarbasini To'xtaboev qaytarishga erishdi.

35. Zarbaaa! Chineduning kuchli zarbasidan so'ng To'xtaboev xavfni bartaraf qildi. 💥

34. Akramov Sherbo'taevga nisbatan qo'pol harakat qildi va sariq kartochka oldi. 🟨

32. Xadjiev maydon markaziga yaqin hududda Tursunovga nisbatan qoidani buzdi.

29. Zarba! Ashurbaevning erlatib bergan chap oyoqdagi zarbasi noaniq ketdi.

28. Zarba! Abdullajonovning bosh bilan bergan zarbasiga aniqlik yetishmadi.

24. Abubakar qanotdan oldinga borayotgan Tursunovga nisbatan qoidani buzdi.

20. Shamsiev Avgustin Chidi Kvemni yiqitishga majbur bo'ldi.

14. Zarba! Fayziev va Murtozaevning ketma-ket zarbalaridan keyin Boymurodov ajoyib seyv namoyish etdi! 💥

11. Zarba! Abdullajonovning tepgan to'pi kuchsiz va noaniq chiqdi

2. “Surxon“ning hujumi, o'ng qanotdan Tursunov uzatgan to'pga Chinedu eta olmadi, To'xtaboev chaqqonroq harakat qildi.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- O'yin soat 18:00da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia