

- O'yin haqida fikringiz?
- Qiyin uchrashuv bo'lishini bilgan holda shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. "Mashal" yaxshi jamoa, faqat omadsizlik sabab quyi o'rinda boryapti. Muborakliklar har bir o'yinda borini berib kurashadigan jamoa. Katta ishtiyoq bilan harakat qilyapti, faqat natija bo'lmayapti. Kelasi uchrashuvlarda "Mashal"ga omad tilayman. Bugun qiziqarli bahs kechdi, muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi. Bixz oxirigacha kurash olib bordik va g'alaba qozondik. Ushbu yutuq bilan muxlislarimizni tabriklayman.



