Suriya terma jamoasi Tojikistonga yetib bordi (FOTO)

Narzulla Saydullayev
25 avg 2016
Suriya terma jamoasi bugun tongda Tojikistonning Xo'jand shahriga yetib bordi. Bu haqda TFF rasmiy sayti xabar berdi.

Jamoa 27 avgust kuni Tojikiston milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. O'yin Xo'jand shahridagi 25 ming tomoshabinga mo'ljallangan Tojikiston Mustaqilligiga 20 yil stadionida bo'lib o'tadi.

Suriya terma jamoasi Tojikistonga kelishdan oldin Livanda o'quv yig'inni tashkil etdi. Bugun kechki payt suriyaliklar Xo'jandda birinchi mashg'ulotlarni o'tkazishadi.

Ertaga, 26 avgust kuni, mahalliy vaqt bilan 10:30da o'yindan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tadi. Unda jurnalistlar o'rtoqlik uchrashuvidan oldin ikkala jamoa ustozlariga savollar bilan murojaat qilishlari mumkin bo'ladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia