Superliga. "Navbahor" va "Paxtakor" ishtirokidagi o'yinlarda VAR ishlatilmaydi

Mirjalol Normatov
17 may 2022
O'zPFL matbuot xizmati Superliganing 9-turi doirasidagi ikki o'yinda VAR tizimidan foydalanilmasligini ma'lum qildi.

"Ko'chma televizion stanciya bilan bog'liq muammo sababli “Navbahor” - “Neftchi” hamda “Qo'qon-1912” - “Paxtakor” uchrashuvlarida VAR tizimidan foydalanilmaydi", - deb yoziladi ma'lumotda.

Eslatib o'tamiz, Vodiy derbisi 17 may kuni bo'lib o'tishi kerak, "Paxtakor"ning "Qo'qon-1912" safaridagi bahsi esa 18 may kuni bo'lib o'tadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ЎзПФЛ матбуот хизмати