Superliga. "Bunyodkor" so'nggi daqiqalarda penaltidan urgan goli evaziga bir kishi kam "Mashal"dan ustun keldi

Sherzod Nurmatov
7 apr 2026, 19:50
Superliga 6-turidan o'rin olgan navbatdagi bellashuv yakunlandi.

Superliga

6-tur

“Mashal” - “Bunyodkor” 0:1

G'uzor. “Markaziy” stadioni. 18:00

Gol: Matiya Krivokapich penalti 90+1’

Bosh hakam: Temur To'xtasinov

Ërdamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov

Zaxira hakami: Jahongir Noraliev

VAR: Rustam Choriev

AVAR: Amal Sultonov

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Samandar Ibragimov

"Mashal": 35.Dostonbek To'xtaboev, 2.Zafar Akramov (4.Asadbek Xabibullaev, 74), 7.Vlatko Stoyanovski (97.Avgustin Chidi Kvem, 66), 10.Humoyun Murtozaev, 14.Abdul Rashid Abubakar (5.Samandar Ochilov, 66), 15.Muhammadali Aliqulov, 18.Ilhomjon Abdig'aniev (13.Nuriddin Nuridinov, 74), 22.Nurjahon Muzaffarov, 34.Shahboz Jo'raev, 37.Sherzod Fayziev, 45.Suhrobjon Parmonqulov (28.Ergash Ismoilov, 88).

Zaxira: 1.Azamat Soyibov, 66.Diyorbek Mamataliev, 69.Roman Xodjiev, 99.Rafael Ayagva.

"Bunyodkor": 16.Federiko Botti, 4.Najmiddin Normurodov, 6.Boburbek Yo'ldoshev, 11.Sardor Abdunabiev (47.Sadriddin Hasanov, 74), 15.Marko Bugarin, 21.Nosirjon Abdusalomov (9.Matiya Krivokapich, 59), 23.Asadbek Rahimjonov, 27.Islom Anvarov (17.Muzaffar Olijonov, 59), 28.Samandarjon Mavlonqulov (10.AmirTo'raqulov, 80), 66.Azizbek To'lqinbekov, 77.Bilolxon Toshmirzaev.

Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 3.Sardor Rahmonov, 8.Dmitriy Pletnyov, 13.Muhammad Hakimov, 88.Mirkamol Annamatov.

Ogohlantirishlar: Abdul Rashid Abubakar (34), Zafar Akramov (62).

Chetlatish: Humoyun Murtozaev (67).

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+1. GOL! Matiya Krivokapich penaltidan to'p kiritib, hisobni ochdi - 0:1! ⚽️

90. Ikkinchi taymga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. Sherzod Fayziev to'pni qo'li bilan o'ynagani bois penalti belgilandi. ❗️

88. “Mashal”da almashtirish: Parmonqulov o'rniga Ismoilov tushirildi.

84. Krivokapich jarima maydonchasi ichida yotibdi, u Normurodovning pasidan so'ng himoyachi bilan to'qnashib ketgandi.

80. “Bunyodkor”da o'zgarish: Mavlonqulov o'rniga To'raqulov bahsni davom ettiradi.

74. “Bunyodkor”da o'zgarish: Abdunabiev o'rniga Hasanov o'yinga qo'shildi.

74. “Mashal”da 2 ta almashtirish: Abdig'aniev o'rniga Nuriddinov, Akramov o'rniga Xabibullaev maydonga tushdi.

71. “Bunyodkor” bir kishi ko'p bo'lib bosim uyushtirishda davom etmoqda.

67. Murtozaev jahl ustida Bugarinni turtgani uchun maydondan chetlatildi. 🟥

66. “Mashal”da 2 ta almashtirish: Abubakar o'rniga Ochilov, Stoyanovski o'rniga Kvem maydonga tushdi.

62. Akramov katta tezlikda qarshi hujumga qochib ketayotgan Olijonovni yiqitdi va ogohlantirildi.

59. “Bunyodkor”da 2 ta o'zgarish: Abdusalomov, Anvarov o'rniga Krivokapich, Olimjonov tushirildi.

58. Uuux! Shahboz Jo'raevning o'ta kuchli zarbasidan keyin to'p to'singa tegib maydonni tark etdi.

56. Zarba! Islom Anvarov olisdan zarba berib ko'rdi, ammo shundan keyin oyoqlarining tomiri tortishib qoldi, unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

52. Zarbaaa! Murtozaevning qulay pasidan so'ng Stoyanovski darvozani poylashga harakat qildi, biroq Normurodov to'p yo'liga g'ov bo'ldi.

51. Zarba! Ilhomjon Abdig'anievning uzoqdan yo'llagan zarbasi mo'ljalga aniq bormadi.

50. Rahimjonov hujum tomon oshiqayotgan Akramovni yiqitishga majbur bo'ldi.

46. Ikkinchi taym boshlandi!

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi. Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.

41. Zarba! Ilhomjon Abdig'anievning jarimadan yo'llagan zarbasi aniq, biroq darvozabon uchun xavfsiz chiqdi.

40. To'lqinbekov Traorega nisbatan qo'pol o'yin namoyish etdi.

34. Abdul Rashid Abubakar to'pga intilish chog'ida Anvarovga nisbatan qo'pol harakat qildi va sariq kartochka oldi. 🟨

30. To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich: 44% – 56%. Ustunlik mehmonlar tomonida.

28. Jamoalarning ishlanmalari hozircha foyda bermayapti, ehtimol, buning boisi maydon suvga to'laligi bilan bog'liqdir. To'pning maydonda yurishi ancha qiyin kechmoqda.

24. Uuux! Rahimjonovning zarbasini To'xtaboev qaytardi, qaytgan to'pni Abdunabiev darvozaga yo'naltirishga urindi, biroq bu urinish ancha noaniq chiqdi. 💥

22. Zafar Akramovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin Botti to'pga ega chiqdi.

16. Mavlonqulov havodagi kurashda biroz jabr chekdi. Hakam o'yinchining holidan xabar oldi.

12. Zarbaaa! Murtozaevning kuchli zarbasiga sal aniqlik yetishmadi, to'p to'sin yuqorisidan o'tib ketdi.

10. Zarbaa! Normurodovning uzatmasidan so'ng Abdusalomov bosh bilan zarba berdi, noaniq.

8. Uchrashuv teng kurashlar ostida kechmoqda.

2. Zarba! Stoyanovskining olisdan erlatib bergan zarbasi yomg'ir hisobiga ancha kuschiz ko'rindi.

1. Bahs boshlandi!


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia