Superliga. "Navbahor" safarda "Lokomotiv"ni mag'lub etdi

Оқил Абдубарноев
17 apr 2026, 19:50
Superliganing 8-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

Superliga

8-tur

"Lokomotiv" – "Navbahor" 0:2

Toshkent viloyati. “Do'stlik” stadioni. 18:00

Bosh hakam: Olim To'ychiboev

Yordamchi hakamlar: Sardor Hakimov, Aman Sultunov

Zaxira hakami: Sardor Mirqodirov

VAR: Jasur Muxtorov

AVAR: Sherzod A'zamov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Bekzod Aripov

Gollar: 0:1 – 3, Vanya Ilich (Aleks Fernandes), 0:2 – 16, Ruslanbek Jiyanov (penalti)

🟥"Lokomotiv": 1.Aleksey Kozlov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Quvonchbek Abraev (61.Nurlan Ibraimov, 62), 8.Bilol Tupliev (17.Sardor Mirzaev, 62), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 14.Nikolay Ivanov, 15.Aleksandar Shushnyar (10.Shodiyor Shodiboev, 87), 18.Oleksandr Kucherenko, 22.Sunnatilla Poyonov (28.Shuhrat Muhammadiev, 62), 33.Oleg Zoteev, 70.Muhammadali Reimov (45.Yovan Nishich, 71)

Zaxira: 12.Nikita Shevchenko, 44.Muhammad Xabibullaev, 88.Islombek Baratov, 99.Muhriddin Zoirov.

🟦"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 4.Islombek Mamatkazin, 7.Ruslanbek Jiyanov, 8.Diyor Xolmatov, 13.Benjamin Teydi (6.Shohruh Abdurahmonov, 64), 22.Umar Adhamzoda (70.Abbos G'ulomov, 79), 23.Vanya Ilich (10.Shohmalik Komilov, 76), 28.Katulondi Kati, 34.Giorgi Jgerenaya, 97.Aleks Fernandes (5.Dilshodjon Komilov, 46)

Zaxira: 35.Valijon Rahimov, 18.Isoxon Musoxonov, 20.Quvondiq Ro'ziev, 44.Anri Chichinadze, 77.Muhammadali Usmonov.

Ogohlantirish: O'tkir Yusupov (80)

O'yin yakunlandi.

90+4. “Navbahor” qarshi hujumi zarba bilan yakunlandi, Kozlovdan seyv.

90+2. “Lokomotiv”ning xavfli hujumi zarbasiz yakunlandi, aniqrog'i himoyachilar ishonchli harakat qildi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.

87. “Lokomotiv”da o'zgarish.

83. Ivanovning jarimadan yo'llagan zarbasini Yusupov qaytardi.

81. “Lokomotiv”ning chap qanotdan boshlangan hujumi markazga ko'chirilib, Ivanovning bosh zarbasi bilan tugadi. Yusupov mahoratini namoyish etdi.

80. Yusupov vaqt cho'zgani uchun ogohlantirildi.

79. “Navbahor”da o'zgarish.

76. “Navbahor”da o'zgarish.

73. Abduxoliqovning zarbasidan so'ng Yusupov to'pni ushlab oldi.

71. “Lokomotiv”da o'zgarish.

66. Ibraimov raqib jarima maydonida o'ta qulay vaziyatda aniq zarba yo'llay olmadi.

64. “Navbahor”da o'zgarish.

62. “Lokomotiv”da uch o'zgarish.

59. Xavfli vaziyat! Jiyanov raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, Kozlov o'z mahoratini namoyish etdi.

52. “Lokomotiv”ning standarti zarba bilan tugadi. Yusupov to'pni egalladi.

50. O'ng qanotdan uzatma Xolmatovning zarbasi bilan yakunlandi. Kozlov o'z o'rnida.

49. Reimovning raqib jarima maydonida yo'llagan zarbasi noaniq.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. “Navbahor”da o'zgarish.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi.

42. Ivanovning olisdan yo'llagan zarbasini Yusupov qaytardi.

38. “Lokomotiv” futbolchisining zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.

35. Xolmatov raqib jarima maydoniga kirib bordi, ammo uning zarbasi kuchsiz chiqqani bois raqib darvozaboniga qiyinchilik tug'dirmadi.

34. Umarzoda Abraevni yiqitdi. Standart vaziyat.

29. Abduxoliqov o'yindan tashqari holatda.

25. Reimov yo'llagan zarba darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

23. Abduxoliqovning raqib jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi.

19. Poyonovning zarbasi noaniq.

16. GOL! Jiyanov o'zi ishlagan penaltini golga aylantirdi!

IMG_20260417_182848.jpg

Hakam VAR monitori orqali vaziyatni ko'rib chiqib, qarorini o'zgartirmadi.

13. "Lokomotiv" darvozasiga penalti belgilandi. Jiyanov raqib jarima maydonida Ivanov tomonidan yiqitildi.

12. Abraev o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

10. Adhamzodaga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

7. “Navbahor”ning yana bir hujumi xavfli tus oldi. Kozlov yakunda to'pni egalladi.

3. GOL! "Navbahor"ning himoyadan boshlagan hujumi chap qanotdan davom etdi. Jiyanov–Fernandes–Ilich kombinaciyasidan so'ng Ilich aniq zarba bilan hisobni ochdi!

IMG_20260417_181904.jpg

2. Jiyanov chap qanotdan oldinga borib, markaz tomon pas berdi, sheriklari to'pga eta olmadi.

1. O'yin boshlandi.

IMG_20260417_185409.jpgIMG_20260417_185429.jpg

Jamoalar maydonga chiqishdi. “Lokomotiv” qizil, “Navbahor” ko'k liboslarda harakat qiladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia