Superliga. Bugun "Lokomotiv" Jizzaxda mehmon, Qarshida Qashqadaryo derbisi, "Qizilqum" - "Qo'qon-1912" uchrashuvlari bo'ladi

Narzulla Saydullayev
2 okt 2020
Bugun Coca Cola Superliganing 18-turidan o'rin olgan uchta o'yin bo'lib o'tadi.


Coca Cola Superliga. 18-tur
SO'G'DIYONA – LOKOMOTIV
2 oktyabr. Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 17:00
Hakamlar
: Jasur Muxtorov, Avaz Abdullaev, Sardor Nishonboev, Sanjar Nazarov
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Laziz Qo'chqorov

Bu jamoalar hozirga qadar 25 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. 17 marta "Lokomotiv", 4 marta "So'g'diyona" zafar quchgan, qolgan 4ta o'yinda durang kuzatilgan. O'zaro o'yinlarda "Lokomotiv" 57ta, "So'g'diyona" 14ta gol urgan.

So'nggi ikkita o'zaro uchrashuvda "So'g'diyona" bu jamoani ikki marta mag'lub etgan. "Lokomotiv" Jizzaxda so'nggi bor 2017 yilgi mavsumda g'alabaga erishgan.

Birinchi davrada Toshkentda o'tgan bahsda Ulug'bek Baqoev boshchiligidagi jamoa safarda 2:1 hisobida zafar quchgandi.




NASAF – MASH'AL
2 oktyabr. Qarshi. "Markaziy" stadion. 18:00
Hakamlar:
Rahimbek Karimov, Jalg'asbay Sarsenov, Damir Iskanderov, Ahmadjon Ergashev
Nazoratchi: Noil Lutfullin
Komissar: Oybek Yunusov

Qashqadaryoning bu ikki klubi O'zbekiston chempionatida hozirga qadar 31 marta to'qnash kelishgan. 16 bor "ajdarlar", 8 bor "gazchilar" g'olib bo'lishgan. Yana 7ta uchrashuvda tomonlar g'olibni aniqlay olishmagan.

"Mashal" o'zaro o'yinlarning oxirgi 4tasida g'alabaga erisha olmagan - 1ta durang, 3ta mag'lubiyat. So'nggi bor Muborak klubi 2016 yilgi mavsumda o'z maydonida g'alabaga erishgandi. Qarshida esa "Mashal" so'nggi bor 2008 yilgi mavsumda g'alaba qozongan.

Birinchi davrada Muborakda o'tgan bahsda 0:0 hisobi qayd etilgan edi.





QIZILQUM – QO'QON-1912
2 oktyabr. Navoiy. "Yoshlar" stadioni. 19:00
Hakamlar
: Ravshan Abduvohidov, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, Naim Qosimov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Erkin Baxtiyorov

Bu ikki klub bugunga qadar 19 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. 11 bor "Qizilqum", 7 bor "Qo'qon-1912" 3 ochkoga ega bo'lgan. Bitta bahsda durang qayd etilgan.

Navoiyda o'tgan oxirgi 4ta o'yinda "Qizilqum" faqat bir bor g'alaba qozonganini ko'rish mumkin.

Birinchi davrada Qo'qonda kechgan bahsda mezbonlar 4:0 hisobida g'alaba qozonishgandi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia