Sunnatilla Mamadaliev: “Keyingi bosqichga chiqqanimizdan xursandmiz”

Narzulla Saydullayev
26 mar 2017, 20:58
O'zbekiston kubogi 1/16 bahsida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi “Orol”ni qabul qildi va 4:3 hisobida g'alaba qozondi.

O'yindan so'ng bellashuvda dubl qayd etgan yarim himoyachi Sunnatilla  Mamadaliev o'yin borasida o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

- Birinchi bo'limda ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik. “Orol” jamoasiga hurmatni saqlagan holda juda yaxshi jamoa ekan. Keyingi bosqichga chiqqanimiz bilan barchani tabriklayman.

Navbatdagi kubok bahsida “Buxoro” ga qarshi o'ynaymiz va muhlislarni xursand qilamiz degan umiddaman  - deydi Mamadaliev.

“So'g'diyona” matbuoti xizmati



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia