Sulsherning qanday vaziyatda "Manchester Yunayted"da qolishi mumkinligi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
24 noya 2021
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher "Uotford"ga uchralgan mag'lubiyatdan so'ng iste'foga chiqarilgandi.

Manbaning yozishicha, agar "Yunayted" Premer-liganing 12-turi doirasida "Uotford"ga qarshi hech bo'lmasa durang o'ynaganda, norvegiyalik mutaxassis iste'foga chiqarilmagan bo'lardi.

Eslatib o'tamiz, tanaffusga qadar "Manchester Yunayted" 0:2 hisobida mag'lub bo'layotgandi. Donni van de Bek 50-daqiqada oradagi farqni bittaga qisqartirgandi, ammo o'yin "Yunayted"ning 1:4 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlandi.

Jamoaning ushbu muvaffaqiyatsizligi Sulsher taqdirini hal qildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic