Sulsher Yevropa Ligasi haqida: "MYUning g'alabasi faoliyatimdagi eng katta yutuq bo'lar edi"

Alisher
10 avg 2020, 12:22
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher Yevropa Ligasi 1/4 final doirasidagi "Kopengagen"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

"Menda ambiciyalar bor va bu klubning bosh murabbiyi sifatida kubokni qo'lga kiritishni xohlayman. Men "Yunayted"dagi faoliyatim uchun qarzdorman va murabbiy sifatida titul yutishim kerak... Bu futbolchilik hayotimdagi eng yaxshi lahzalar bo'lar edi.

O'yinchi sifatida ajoyib jamoaning bir bo'lagi bo'lganman va mendan shunchaki to'lqinga tushib olish talab etilardi", - deydi Sulsher.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" bugun Yevropa Ligasi 1/4 final doirasida "Kopengagen" bilan o'ynaydi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.


AlisherMuallif
Manba: Goal