Sulsher: "YCHLning taqvimini hattoki Google ham tushunmaydi"

Eldor Akmurzayev
15 apr 2019
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher YCHLning taqvimiga noroziligini bildirdi.

"Men buni tushunmayman. Kimdir menga aniq ayta oladimi, nega boshqa jamoalar qo'shimcha kunga ega. Hattoki, Google'ning (qidiruv tizimi) ham bundan xabari yo'q. UEFA ushbu holatni o'zgartirish kerakmi? Albatta. Nega birinchi o'yinni chorshanbada o'tkazib, javob bahsida esa seshanba kuni maydonga tushish kerak?", – deya qayd etgan norvegiyalik mutaxassis.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: TEAMtalk