"Stouns, Shou va Sterling qaerga yo'qolishdi?": Mourinyu Angliya termasi penaltichilari haqida

Alisher
12 iyul 2021, 14:47
"Roma" ustozi Joze Mourinyu Evro-2020 finali doirasida Angliyaning Italiyadan mag'lubiyati haqida gapirdi.

"Sakaga so'nggi bo'lib nuqtaga borish og'irlik qildi. Bunday yosh o'yinchi elkasiga bunday mas'uliyatni olishi mumkin emas. Bukayo uchun afsusdaman.

Bunday vaziyatda Stouns, Shou, Sterling qaerga yo'qolib qolishdi? Albatta, Garet Sautgeyt doim o'z shogirdlarini himoya qiladi. U hech qachon qaysidir o'yinchi penalti tepishga tayyor bo'lmaganini tan olmaydi", - deydi portugaliyalik.

Eslatib o'tamiz, Angliya termasi safida zaxiradan tushgan Saka, Sancho va Reshford penaltidan gol ura olmadi.


AlisherMuallif
Manba: Teamtalk