Spotify "Barselona" titul homiysiga aylanishi mumkin

Sherzod Nurmatov
22 yanv 2022
"Barselona" musiqiy striming xizmati bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini o'rganmoqda.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, ikkala tomon ham ehtimoliy kelishuv manfaat keltirishiga ishonmoqda.

"Ko'k-anorranglilar" iqtisodiy jihatdan kuchli yangi hamkorga ega bo'lishni xohlaydi. Shvetsiya kompaniyasi, o'z navbatida, butun dunyo bo'ylab "Barsa" muxlislarining ko'pligidan hayratda.

Spotify Kataloniya klubining titul homiysiga aylanishi mumkin. Agar shartnoma imzolansa, "Barselona" yiliga 30 milliondan 60 million evrogacha ishlab olishi mumkin bo'ladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo