"Sporting" Portugaliyaning ikkinchi ligasiga tushib ketmasa, bir yildan so'ng Trinkauni "Barsa"dan sotib olishga majbur bo'ladi

Alisher
15 iyul 2022
"Barselona" xavbeki Fransishku Trinkauning "Sporting"ga ijara asosida o'tish shartlari ma'lum.

Lissabon klubi Portugaliyaning ikkinchi divizioniga tushib ketmasa, 22 yoshli futbolchini sotib olishga majbur.

Gap portugaliyalikning 7 mln evrolik 50 foiz huquqi haqida ketmoqda. Ijaraning o'zi "Sporting"ga 3 mlnga tushadi.

Bitimda shuningdek bitim vaqtiga qarab "Barselona"ning yarim himoyachini 20-25 mln evroga qayta xarid qilish borasida band bor.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/MatteMoretto