

Londonliklar 21 yoshli futbolchini Ben Uaytga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. "Shaharliklar" sport direktori Ugo Viala "Sporting"dagi faoliyati orqali Fresnedaning sifatlaridan xabardor.
Himoyachi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 31 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 12 mln evroni tashkil etadi.



