"Spartak"da ishlari yurishmayotgan futbolchi A Seriya klubiga o'tishi mumkin

Alisher
20 yanv 2021
"Spartak" (Moskva) hujumchisi Aleksandr Kokorin faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

"Fiorentina" 29 yoshli rossiyalik futbolchiga qishki transferlar oynasidagi bosh maqsad sifatida qaramoqda.

Xabarlarga ko'ra, o'yinchiga shuningdek Aller "Ayaks"ga ketganidan so'ng o'rinbosar qidirayotgan "Vest Xem" klubi ham qiziqmoqda.

Eslatib o'tamiz, Kokorin bunga qadar "Spartak"dan tashqari "Dinamo" (Moskva), "Anji", "Zenit" va "Sochi" jamoalarida o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio