"Spartak" Sobolevning onasi vafot etgani uchun Kokorinning transferini keyinroq e'lon qiladigan bo'ldi

Alisher
1 avg 2020
"Spartak" oldindan reja qilinganidek forvard Aleksandr Kokorinning transferini bugun e'lon qilmaydi.

Jamoa hujumchisi Aleksandr Sobolevning onasi vafot etdi va shu sabab transferni e'lon qilish keyinroqqa qoldirildi.

"Spartak" o'yinchiga hamdardlik bildirdi.

Oldinroq, Kokorinning "Zenit" bilan tuzgan shartnomasi kecha yakunlangani va bugun "Spartak" bilan shartnoma imzolashi borasida xabarlar yangragan edi.


AlisherMuallif
Manba: Sport24