"Spartak Moskva" bosh murabbiyi qoniqarsiz natijalar bois iste'foga chiqarildi

Eldor Akmurzayev
29 sen 2019, 22:20
RPL doirasidagi 11-tur Spartak M – Orenburg bahsidan (1:2) keyin, moskvaliklar ustozi Oleg Kononov vazifasidan ozod etildi.

Spartak-Moskva rahbariyati Oleg Kononovning iste'fosini qabul qildi, u Orenburgga qarshi bahsdan keyin jamoaning qoniqarsiz natijalari bois lavozimidan ozod etishni so'radi. Navbatdagi Krasnodarga qarshi o'yinga qizil-oqlarni bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajaruvchi Sergey Kuznecov tayyorlaydi”, – deyilgan klub murojaatida. 

53 yoshli Kononov jamoa boshqaruviga 2018 yilning noyabrida kelgandi. Spartak M Rossiya chempionatining joriy mavsumida 14 ochko bilan 9-o'rinda bormoqda. Bu esa Moskva klubining 2003 yildan buyon qayd etgan eng yomon natijasidir. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sports.ru