Spalletti kechagi kambekdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi

Khoja
16 iyun 2024, 11:00
Italiya terma jamoasi ustozi Luchano Spalletti Albaniyaga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Bugun maydonda ko'plab yaxshi vaziyatlar guvohiga aylandik. Biz raqibni bir necha bor jazolashimiz mumkin edi, biroq so'nggi nuqtada xatolarga yo'l qo'ydik. Hujumni yakunlash qismida futbolchilar juda ko'p bor ikkilanishdi va bu o'z navbatida hujumlar sifatiga ta’sir qildi.

Italiya terma jamoasi Barellaga bog'lanib qolmagan, katta jamoalarda bir futbolchiga bog'lanib qolish xato bo'ladi. Bizda teng 26 nafar futbolchi bor, - dedi Spalletti.


KhojaMuallif
Manba: championat.com