So'nggi tur intrigasi: "So'g'diyona" nechanchi o'rinni oladi - ikki yoki besh?

Narzulla Saydullayev
25 noya 2021, 11:25
27 noyabr kuni Superligamizda so'nggi tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

Hozircha chempion va ligani tark etishi aniq bo'lgan ikki jamoa nomi ma'lum.

Kumush va bronza medallari sohibi, PRO liga klubi bilan o'tish o'yinida qaysi jamoa o'ynashi so'nggi turdan keyin aniq bo'ladi.

E'tiborimizni Jizzaxning "So'g'diyona" klubi tortdi. Ulug'bek Baqoev boshchiligidagi jamoada ikkinchi o'ringa chiqish imkoniyati bor yoki jamoa mavsumni beshinchi o'rinda tugatishi ham mumkin...

Oxirgi turda "So'g'diyona" Olmaliqda AGMK mehmoni bo'ladi. Agar Jizzax klubi safarda g'olib bo'lsa va Qarshida "Nasaf" "Lokomotiv"ni yuta olmasa (durang yoki mag'lubiyat) "So'g'diyona" kumush medallarga ega chiqadi.

Oxirgi turda "So'g'diyona" yutqazib, "Paxtakor" Toshkent derbisida "Bunyodkor"ga mag'lub bo'lsa Jizzax klubi chempionatni beshinchi o'rinda yakunlaydi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia