Son Xyon Min baribir harbiy xizmatga boradiganga o'xshaydi

Eldor Akmurzayev
2 apr 2020
Koronavirus pandemiyasi tufayli APL to'xtatilgani bois “Tottenxem” futbolchisi Son Xyon Min J.Koreyada harbiy tayyorgarlikni o'tashi mumkin.

Osiyo o'yinlaridagi muvaffaqiyatdan keyin u 21 oylik harbiy xizmatdan qutilib qolgan edi. Ammo, Son hali hamon 4 haftalik armiya o'quv-mashg'ulotlariga borishi zarur hisoblanadi.

30 apreldan keyin ham APL bahslari tiklanmasligi tasdiqlansa, Son klub bilan kelishgan holda o'z majburayatini bajarish inkoniyatini ko'rib chiqmoqchi. U bir necha kun oldin o'z vataniga uchib kelgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports