Son: "Mourinyo juda ham mexribon"

Mirjalol Normatov
2 dek 2019
"Tottenxem" hujumchisi Son Xen Min "shporlar" ustozi Joze Mourinyo bilan faoliyati haqida gapirdi.

"Benazir murabbiy" "Tottenxem"da o'tkazgan barcha uch bahsda ham g'alabaga erishdi.

"Mourinyo juda ham mehribon. U har doim kulib yuradi va ko'p xazil qiladi. Bu menga yoqadi. Jamoadagi ichki kayfiyat ijobiylashgani uchun natijalarimiz ham yaxshi tomonga o'zgardi. O'yinlarga yuqori kayfiyat bilan tayyorgarlik ko'ryapmiz. Joze yaxshi ishlamoqda va u biz bilan ishlayotganidan xursandmiz", - dedi Son.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express