Sokratis "Fenerbaxche" bilan kelishib oldi

"Arsenal" himoyachisi Sokratis Papastatopulos faoliyatini Turkiyaning "Fenerbaxche" klubida davom ettiradi.

Bu haqda "Takvim" nashri xabar tarqatdi. Takidlanishicha, Sokratis "kanareykalar" bilan kelishib olgan, klub tez orada transferni e'lon qiladi.

32 yoshli gretsiyalik futbolchi APLning joriy mavsumida birorta o'yin o'tkazgani yo'q. U "Arsenal"ga qadar "Borussiya D", "Verder", "Milan" va "Jenoa" singari klublarda to'p tepgan.


Manba: Takvim