Sokratis "Lacio"ning taklifini rad qildi. U "Olimpiakos"ga o'tmoqchi

Sokratis Papastatopulos faoliyatini Gretsiyada davom ettirishi mumkin, deb xabar tarqatdi Sky Sport Italia.

Takidlanishicha, 32 yoshli grek Rimning "Lacio" klubi taklifini rad qilgan. U faoliyatini o'z vatanida, "Olimpiakos" tarkibida davom ettirmoqchi.

2018 yildan beri "Arsenal"da o'ynab kelgan Papastatopulos 20 yanvar kuni "to'pchilar" bilan shartnomasini bekor qilgan edi.


Manba: Sky Sport Italia