Papastatopulos: "Men Gretsiyaga faoliyatimni yakunlash uchun kelmadim"

Alisher
26 yanv 2021
"Arsenal" sobiq himoyachisi Sokratis Papastatopulos "Olimpiakos" haqida gapirdi.

"Men faoliyatimni yakunlash uchun Gretsiyaga kelmadim. Men muhim o'yinchi ekanligimni, xizmatlarim samarasini ko'rsatishni va menda hali ham maqsadlar borligini isbotlash uchun g'alaba qozonishni xohlayman", - deydi Papastatopulos.

32 yoshli himoyachi Gretsiyani 2008 yilda tark etdi va shundan so'ng "Arsenal"dan tashqari "Jenoa", "Milan", "Verder" va "Borussiya" (Dortmund) jamoalari sharafini himoya qildi.

Papastatopulos Gretsiya terma jamoasida 90ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: euro-football.ru