Rasman: “Arsenal” gretsiyalik himoyachi bilan shartnomani bekor qildi

Eldor Akmurzayev
20 yanv 2021
Sokratis Papastatopulos “to'pchilar”ni tark etdi.

Tomonlar kelishgan holda shartnomani bekor qildi va himoyachi erkin agentga aylandi.

Gretsiyalik 2018 yil yozida “Borussiya D”dan 19 mln evro evaziga “Arsenal”ga transfer qilingandi.

Papastatopulos shu vaqtgacha klub libosida 69 o'yinda maydonga tushdi. Avvalroq, 32 yoshli o'yinchining xizmatlari "Liverpul"ga taklif qilingandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: arsenal.com