"So'g'diyona"ning afsonasiga aylangan futbolchi jamoani tark etadi

Khoja
24 noya 2025
"So'g'diyona" sardori Milan Mitrovich Jizzax jamoasini tark etadi.

Serbiyalik darvozabon yangi mavsumni boshqa klubda boshlashi aniq. Unga bir qator klublar qiziqishmoqda. 

Ma'lumot uchun, 34 yoshli darvozabon 2018 yildan beri "So'g'diyona" safida to'p surgan. U jizzaxliklar safida jami 176 ta uchrashuvda maydonga tushib, 67 ta bahsda o'z darvozasini daxlsizligini saqlab qola olgan. 

Mitrovich "So'g'diyona" bilan 2021 yilda Superligada kumush medallaga ega chiqqan.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia