"So'g'diyona" murabbiyi: "Mag'lubiyatda butun jamoa aybdor"

Narzulla Saydullayev
29 fev 2020, 17:32
“Mashal” – “So'g'diyona” (3:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar yordamchi murabbiyi Shuxrat Fayziev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




“Birinchi navbatda “Mashal”ni qo'lga kiritilgan g'alaba bilan tabriklayman. O'yinga kelsak, tezkor ikkita gol o'tkazib yubordik va o'zimizga kela olmadik. Mana shu ikki gol o'yin natijasiga ta’sir etdi. Hujumda ham hech narsa o'xshamadi", - dedi Fayziev.

- O'tkazilgan gollarda kimning aybi ko'proq bo'ldi?

- Buni ko'rib chiqish kerak, o'yinni tahlil qilamiz. Xatolar ustida ish olib boraimz. Gol o'tkazilganda bitta futbolchi aybdor bo'lmaydi, mag'lubiyatda butun jamoa aybdor.

- Bugun maydonda o'tgan yilgi "So'g'diyona"ni ko'rmadik...

- Boshida aytganimdek ikkita tezkor gol o'yinimizga ta’sir qildi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia