

Yordamchi murabbiy Diyor Fayziev boshchiligida jamoa 10 kun davomida yig'inni o'tkazadi. Yig'in davomida asosan futbolchilarning jismoniy tayyorgarlikni yaxshilashga qaratiladi. Keyinchalik yig'in Jizzaxda davom etadi.
Jamoani rasman Dadajon Mamatqulov,Omon-biik Xalilov va Sarvar Karimov tark etgan. Hozircha jamoaga yangi futbolchilar kelib qo'shilmagan. Muxlislarimizdan yangi murabbiy va jamoadagi o'zgarishlar haqidagi turli xil gap so'zlarga e'tibor qilmay, faqat rasmiy xabarlarni kuzatib borishlarini so'rab qolamiz.
"So'g'diyona" matbuot xizmati



