"So'g'diyona" ikki futbolchi bilan 2026 yil oxirigacha shartnomani uzaytirdi. Qizig'i ikkalasining ismi ham Samandar

Narzulla Saydullayev
17 yanv 2024
Jizzaxning "So'g'diyona" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyada davom ettirmoqda.

Bugun klub matbuot xizmati ikki nafar yosh futbolchi hujumchi Samandar Mavlonqulov va himoyachi Samandar Sindorov bilan shartnomalar 2026 yil oxiriga qadar uzaytirilganini e'lon qildi.

Ma'lumot uchun, Mavlonqulov 2023 yilgi mavsum "So'g'diyona" safida Superligada 16ta o'yinda 4ta gol urishga erishgandi. Sindorov esa 7ta uchrashuvda maydonga tushgan.
 


Samandar Mavlonqulov


Samandar Sindorov


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia