Sobiq “Qo'qon-1912” futbolchisi “Neftchi” safiga qo'shildi

Narzulla Saydullayev
18 iyul 2016, 17:25
Andrey Fyodorov bosh murabbiyligidagi “Neftchi” jamoasi Dukentda ikkinchi davraga tayyorlanmoqda.

Jamoamiz tarkibida yana bir o'zgarish yuzaga kelganini ma'lum qilamiz. Oliy liga-2016ning ilk davrasini “Qo'qon-1912” klubida o'tkazgan yarim himoyachi Furqat Hasanboev ayni paytda jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Agar 24 yoshli futbolchi “Neftchi” murabbiylari ko'rigidan muvaffaqiyatli o'tsa, ikkinchi davradan farg'onaliklar sharafini himoya qiladi. Ma'lumki, Furqat Farg'ona futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O'z navbatida Furqat Hasanboevni “Bunyodkor” akademiyasida taxsil olganini ham aytib o'tish o'rinlidir. Uning jamoaga taklif etilishi esa viloyat futbol iqtidorlarini “Neftchi”ga qaytarishga bo'lgan yana bir qadam deb aytib o'tish joizdir.

Yaqin vaqtlar ichida jamoamizda yana bir qator o'zgarishlar bo'lishi mumkin.  Muzokaralar davom etmoqda. So'nggi yangiliklarni klub rasmiy sayti orqali kuzatib boring.

“Neftchi” matbuot xizmati



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz