Sneyder Messi faoliyatini yakunlagandan keyin “Barsa”da kim yetakchi bo'lishini aytdi

Eldor Akmurzayev
9 iyun 2020
Niderlandiyalik sobiq futbolchi Uesli Sneyder fikricha, Lionel Messi butsalarini mixga ilgandan keyin hamyurti Frenki De Yong “Barselona”da asosiy figuraga aylanadi.

“Niderlandiya va “Barselona” doimo bir-biriga mos kelgan. De Yong eng yaxshi tanlovni amalga oshirdi, chunki uning uslubi Ispaniya va “Barselona” uchun ideal ekanligini yaxshi tushunadi.

De Ligt esa boshqacha qarorga (“Yuventus”ni tanladi) keldi, ammo Frenki o'zi uchun mukammal qarorni qabul qildi. De Yong kelajakni o'ylamoqda. “Barselona”ni tanlab to'g'ri ish qilgan. Messi faoliyatini yakunlagach, Frenki undanda zo'rroq yetakchiga aylanadi”, deydi Sneyder.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Daily Mail