Sneyder Gollandiya terma jamoasidagi o'zining so'nggi uchrashuvini o'tkazdi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
7 sen 2018
Peruga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi yarim himoyachi Uesli Sneyder uchun Gollandiya terma jamoasi safidagi so'nggi bahs bo'ldi.

34 yoshli xavbek o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 62-daqiqada almashtirildi. Gollandiya terma jamoasi ushbu bahsda 2:1 hisobida g'alabaga erishdi.

Ayni damda Qatarning "Al-Garafa" sharafini himoya qiladigan Sneyder 2003 yil Gollandiya terma jamoasi safida debyut qilgan edi. Xavbek milliy jamoa libosida 133ta uchrashuv o'tkazib, 31ta gol urdi. Sneyder Gollandiya terma jamoasi bilan JCH-2010da kumush, Evro-2004 va JCH-2014da bronza medalini qo'lga kiritgan.






Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia