Smolov "Manchester Yunayted"ga o'tishni istamagani ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
7 fev 2020, 19:24
Rossiya termasi hujumchisi Fyodor Smolov qishda "Manchester Yunayted" tarkibida paydo bo'lishi mumkin edi.

"Express" xabariga ko'ra, qishda "qizil iblislar" rahbariyati futbolchining oldiga taklif bilan chiqqan, biroq 29 yoshli hujumchi bunga rad javobini bergan.

Smolov "Selta"da ko'proq o'sishga erisha olishini mankunianliklarga aytgan.

Yakunda "Manchester Yunayted" nigeriyalik Odion Igalo bilan shartnoma imzoladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express