Slovakiyada 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
23 mar 2022
"Inter" himoyachisi Milan Shkrinyar Slovakiyada 2021 yil yakunlariga ko'ra eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Shkrinyar faoliyatida uchinchi marta bu etirofni qo'lga kiritdi. Faqatgina Marek Gamshik (8) hamda Martin Shkrtel (3) undan ko'proq natija qayd etgan.

27 yoshli Shkrinyar Slovakiya termasi tarkibida 2016 yildan buyon o'ynamoqda. U termasi uchun 50 o'yinda qatnashib, 3 gol urgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal