Slimani boshchiligidagi jazoirliklar xayriya qilishadi

Aziz Tukhtamuradov
3 iyul 2014
Jazoir terma jamoasi futbolchilari Braziliyadagi jahon chempionatidagi ishtiroklari uchun beriladigan pulni Falastinning G'azo sektori aholisiga xayriya tarzida yo'naltirishlarini ma'lum qilishdi.

“Ular bizdan ko'ra e'tiborga muhtoj”, – deydi terma jamoa yetakchi hujumchisi Islom Slimani.

Aynan “Sporting” hujumchisi bu xayriya ishining bosh tashkilotchisi bo'lib turibdi. Eslatib o'tamiz, Jazoir terma jamoasi JCH-2014ning 1/8 finalida Germaniyaga qo'shimcha bo'limlarda imkoniyatni boy (1:2) berib qo'yib, mundialni tark etgan edi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com