

"Menimcha, Pogba "Barselona"ga mos emas. U "Manchester Yunayted"da qolishiga umid qilamiz, chunki har qanday klub o'zining yetakchi futbolchisini saqlab qolishga urinadi. Fransiyalik kuchli futbolchi, ammo u bor mahoratini ko'rsata olmayapti. Pol MYUga chempionlik uchun kurashda yordam beradi deb umid qilaman.
Mourinyo bilan kelishmovchilik? Futbolchi va murabbiy o'rtasidagi munosabatlar yaxshi emasdir, ammo buni yuz foizlik ehtimol bilan tasdiqlay olamizmi? Men - yo'q. Pogba hozirgidan yaxshiroq o'ynashi kerak. Pol ajoyib iqtidorga ega, ammo buni har uchinchi yoki to'rtinchi o'yinda ko'rsatmoqda" - deydi Skoulz.



