Skolari: “Bir kun kelib Italiya chempionatida ishlashim mumkin”

Narzulla Saydullayev
7 noya 2013
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari, 2014 yilgi jahaon chempionatidan keyin, A Seriyasiga o'tishi mumkinligini rad etmadi.

“Bir kun kelib Italiya chempionatida ishlashim mumkin. Biz o'z o'yimizda jahon chempionatini o'tkazamiz va shundan so'ng mening shartnomam tugaydi. Albatta, Italiyaliklar murabbiyning millatiga e'tibor berishmaydi, shu sababli barcha u yerda ishlashni istaydi. Men 2002 yilda Italiyada bo'lganman va mamlakat futbol federatsiyasi bilan muzokara olib borganman. O'shanda Italiya terma jamoasini boshqarish uchun menda imkon bo'lgan, biroq oxir oqibat Portugaliyaga kyetib qolganman”, - deydi 64 yoshli mutaxassis.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com