Simeone "Atletiko" rekordchisiga aylandi

Alisher
11 mar 2021
Madridda kecha Ispaniya chempionati 18-tur doirasidagi "Atletiko" - "Atletik" (Bilbao) o'yini bo'lib o'tdi.

O'yin madridliklarning irodali g'alaba (2:1)si bilan yakunlandi.

Bu muvaffaqiyat sabab mezbonlar bosh murabbiyi Diego Simeone Madrid klubi rekordchisiga aylandi. U "Atletiko" murabbiylari orasida eng ko'p g'alabaga erishdi.

Diego bungacha 308ta g'alabaga erishgan Luis Aragonesni ortda qoldirdi. "El Cholo" 2011 yildan beri "matraschilar"ni boshqaradi.

"Atletiko" joriy mavsum La Ligada yetakchilik qilmoqda, shuningdek Chempionlar Ligasida ham kurashni davom ettirmoqda.


AlisherMuallif
Manba: mykhel.com