

Argentinalik mutaxassisning so'zlariga ko'ra, Madrid klubi rahbariyati hujumchi bo'yicha o'z poziciyasini allaqachon belgilab olgan.
“Klub qaror qabul qildi va Migel Anxel Xil Marin uni juda yaxshi tushuntirib berdi. Futbol nuqtayi nazaridan, biz Xulian kabi futbolchimiz borligidan juda mamnunmiz va uning o'sishda va yanada yaxshilanishda davom etishiga yordam beramiz”, - dedi Simeone.



