Shupo-Motingning "Bavariya"dagi maoshi yangi shartnomada 10 mln. evroga yetishi mumkin

Aslanov Jasurbek
26 yanv 2023
Erik-Maksim Shupo-Moting "Bavariya" bilan shartnoma uzaytirishga yaqin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Bavariya" hujumchisining yangi bitimi 2024 yilning yozigacha belgilangan bo'ladi.

Yangi kelishuv bo'yicha Shupo-Motingning yillik maoshi bonuslar bilan 10 mln. evrogacha etadi.

Futbolchining amaldagi bitimi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. Hujumchi joriy mavsum Bundesliganing 12ta uchrashuvida 7ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru