Shunaqasi ham bo'ladi. Shyurrlening “Chelsi“dan ketishiga sabab tovuqdan zaharlanish ekan

Mirjalol Normatov
2 dek 2018
"Fulxem" forvardi Andre Shyurrle "Chelsi"dan ketishi sababini aytdi.

Futbolchining so'zlariga ko'ra, JCH-2014dan keyin u Germaniya termasidaligida tovuqdan zaharlangan. Shu boisdan u o'zining kuchli holatini yo'qotgan. "Chelsi"ga qaytganida ham o'ziga kela olmaganidan keyin asosiy tarkibdagi joyini yo'qotdi. Keyinchalik "Volfsburg"ga o'tdi.

Shyurrle 2013-2015 yillar davomida "Chelsi" tarkibida 65 o'yinda qatnashib, 14 gol urdi.

Bu mavsumda u "Fulxem"da 14 uchrashuvda 5 marta raqib darvozasini ishg'ol qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports