Shuhrat Muhammadiev: "Meni qo'llab turganlarning barchasiga rahmat"

Mirjalol Normatov
29 may 2019
Superliganing 10-turida Nasafga qarshi uchrashuvda jiddiy jarohat olgan Lokomotiv futbolchisi Shuhrat Muhammadiev o'zining holati haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, Shuhrat bahsning 31-daqiqasida jarohatlanib, shifoxonaga olib ketilgandi.

- Assalomu alaykum, futbol ishqibozlari, barcha do'stlarim. Meni qo'llab-quvvatlab turganingiz uchun minnatdorlik bildiraman. Tez fursatda maydonga qaytishga harakat qilaman. Menga bildirilayotgan e'tibor uchun katta rahmat!


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: lokomotiv.uz