Shuhrat Maqsudov "Bunyodkor" bosh direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Narzulla Saydullayev
17 dek 2020, 21:55
Bugun "Bunyodkor" stadionida navbatdagi tashqari yig'ilish bo'lishi haqida xabar bergandik.

O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov ishtirok etgan mazkur yig'ilishda "Bunyodkor" klubiga Shuhrat Maqsudov bosh direktor vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangan. "Bunyodkor" klubi prezidenti Ulug'bek Ashurov ham Maqsudovning tayinlanuviga ijobiy munosabat bildirgan.

Eslatib o'tamiz, bunga qadar klubda Ayniddin G'iyosov bosh direktor sifatida ishlab kelgandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia