"Lokomotiv" yana bir sobiq futbolchisini ortga qaytarishga yaqin

Khoja
6 yanv 2026
"Nasaf" himoyachisi Shuhrat Muhammadiev "Lokomotiv"ga qaytish arafasida.

Bu haqda Tolibjon Qosimov xabar bermoqda. 

36 yoshli futbolchi 2017-2021 yilgi mavsumlarni "Lokomotiv" safida o'tkazgan. U Toshkent jamoasida jami 116 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol va 14 ta assist qayd etgan. Himoyachi o'tgan mavsum "Nasaf" safida 32 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta assist qayd etgandi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia