Shoxruz Norxonov “Nasaf” bilan bahs haqida: “AGMKga qarshi o'yinda ham xuddi shu vaziyatda bizga penalti berilgandi”

Eldor Akmurzayev
10 okt 2022
Coca Cola Superliganing 21-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "So'g'diyona" (1:1) bahsidan so'ng, jizzaxliklar a'zosi Shoxrux Norxonov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“O'yinni o'zingiz ko'rdingiz, shiddatli, yaxshi va durangga mos bo'ldi. Hakamlar uchrashuvni yaxshi boshqardi deb hisoblayman. Penalti? Menimcha, baribir hakam ko'rib, qaror qabul qildi. Xuddi shunday vaziyat AGMK bilan o'yinda ham yuz bergan va o'shanda posbon bilan bog'liq holat tufayli bizga penalti berilgandi. Fikrimcha, penalti bor edi”, deydi Norxonov.

Abdulla Doniyorov yoztb oldi


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia