Shomurodovning ustozi Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lishi mumkin

Sherzod Nurmatov
10 iyun 2025, 15:38
Italiya futbol federatsiyasi Klaudio Ranerini Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlash bo'yicha kelishuvga erishdi.

Manbaga ko'ra, Raneri bir vaqtning o'zida ikki vazifani bajaradi – Italiya terma jamoasi murabbiyi va "Roma" maslahatchisi. Federatsiya endi Rim klubi egalari roziligini olishi kerak.

Italiyaliklarning sobiq murabbiyi Luchano Spalletti kecha ushbu lavozimda o'zining so'nggi o'yinini o'tkazdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira