Shomurodov Jeparovni quvib o'tdi. Shackixga oz qoldi...

Iskandarov Abdulaziz
30 mar 2022
Srechko Katanets boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi kecha "Navruz Cup-2022" musobaqasining finalida Ugandani mag'lub etdi (4:2).

Quyida mazkur uchrashuvga oid bir qator qiziqarli faktlarni e'tiboringizga havola qilamiz. 



1. O'zbekiston Afrika terma jamoalari ustidan 4-g'alabasini qo'lga kiritdi. 

2. Eldor Shomurodov Ugandaga 3ta gol urish orqali  to'purarlar qatorida Server Jeparovdan ko'tarilib oldi. 53 o'yinda 26, 27, 28-gollarini urdi. Bu borada rekordchi Maksim Shackix hisoblanib, 34ta gol bilan birinchi o'rinda turibdi. Shomurodovdan bir pog'ona yuqorida Mirjalol Qosimov 31ta gol bilan o'rin olgan. 

"Navruz Cup-2022". Shomurodovning uchta goli O'zbekistonga Uganda ustidan g'alaba keltirdi



VIDEOKichkina kamera. Do'ppilar, oltita gol, Shomurodovdan xet-trik va O'zbekiston chempion!


3. Jaloliddin Masharipov terma jamoa safidagi 42-o'yinida 8-bor raqib darvozasini ishg'ol qildi. 

4. Uganda O'zbekiston bilan to'qnash kelgan 56-terma jamoa bo'ldi. 

5. O'zbekiston milliy terma jamoasi so'nggi ikki yilda Namanganda 3ta o'yin o'tkazdi va barchasida g'alaba qozondi. 


FOTO. O'zbekiston – Uganda uchrashuvidagi muxlislarning emociyalari GALEREYA


Afrika vakillarining O'zbekistonga to'rtinchi tashrifi. Avvalgi uchta o'yin qanday natija bilan tugagan?


6. Terma jamoamiz joriy yil hisobidan hali mag'lubiyatga uchragani yo'q. 

O'zbekiston - Janubiy Sudan 3:0

O'zbekiston - Al Vahda 1:0

O'zbekiston - Qirg'iziston 3:1

O'zbekiston - Uganda 4:2

7. "Navruz Cup-2022" turnirida O'zbekistonning barcha gollariga legioner futbolchilar mualliflik qildi. Eldor Shomurodov 4ta, Igor Sergeev 2ta, Jaloliddin Masharipov 1tadan to'p kiritdi.

8. Final bahsini stadiondan bevosita 20 mingga yaqin tomoshabin kuzatdi. 

9. Eldor Shomurodov Ugandaga qarshi o'yinda terma jamoa libosidagi ilk xet-trigini qayd etdi. 



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia